Tariflar

Tariflar
Yangilangan: 28-sentabr 2026-yil

AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga yetkazib berish qancha turadi?

Boxette orqali AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga yetkazib berish narxi 1 kg uchun 130 000 so‘mdan boshlanadi.
Yetkazib berish muddati posilka Boxette omboriga kelib tushgan paytdan boshlab, tanlangan tarifga qarab, 3–16 ish kunini tashkil qiladi.

Boxette’dan bepul qo‘llanma

Black Friday 2026: AQSh va Turkiyada chegirmalar

Chegirmalar sanalari, xarid g‘oyalari va Yangi yilgacha yetkazib olish bo‘yicha maslahatlar.

Qo‘llanmani o‘qish ↗

Qo'shimcha xizmatlar va narxlar

Xizmat Narxi Tavsif
Kafolat xizmati Deklaratsiya qilingan qiymatning 2,99% Jo‘natma yo‘qolgan yoki tashqi tomondan shikastlangan taqdirda oferta shartlariga muvofiq kompensatsiya. Xizmat tanlanmagan bo‘lsa — $40 gacha. Tashqi qadoqda shikastlanish belgilari bo‘lmasa, ichidagi tovarning shikastlanishi kafolat holati hisoblanmaydi.
Posilkani ajratish 40 000 so'm / joy Tovarlarni ajratib, alohida posilkalar sifatida jo'natamiz.
Posilkani tekshirish 130 000 so'm Posilka tarkibini buyurtma ma'lumotlari bilan tekshiramiz.
Qo'shimcha qadoqlash 60 000 so'm Mahsulot xavfsizligini oshirish uchun qo'shimcha qadoqlaymiz.
Do'konga qaytarish 70 000 so'm Mahsulotni sotuvchiga qayta jo'natamiz.
Posilka rasmi 50 000 so'm Omborda posilka ichidagi mahsulotlarning fotosuratlarini olamiz.
Posilkani ro'yxatdan o'tkazish 30 000 so'm Posilkani mijoz nomidan Boxette tizimida ro'yxatdan o'tkazamiz.
Meni o'rnimga sotib oling 10% (kamida 5 AQSH dollari) Mahsulotni mijoz nomidan sotib olamiz.
Invoysni olib tashlash Bepul Posilka ichidagi invoysni olib tashlaymiz.
Qayta qadoqlash Bepul Posilkani jo'natish uchun qayta qadoqlaymiz.

Bojxona to‘lovlari

2025-yil 1-maydan boshlab xalqaro kuryerlik jo'natmalari orqali jismoniy shaxs nomiga keladigan tovarlar uchun bojsiz limit bir kalendar oyda 200 AQSH dollarini tashkil etadi. Limit barcha tashuvchilar bo'yicha umumiy hisoblanadi.

2026-yil 31-dekabrgacha limitdan oshgan qism uchun yagona bojxona to'lovi 30%, lekin tovarning har bir kilogrammi uchun kamida 3 AQSH dollarini tashkil etadi. 2027-yil 1-yanvardan stavka 20%, minimal miqdor esa har bir kilogramm uchun 2 AQSH dollarini tashkil etadi. Yakuniy summani bojxona organlari belgilaydi.

Hisoblash misoli: agar oylik limit hali ishlatilmagan bo‘lsa, 1 kg vazndagi $300 lik xaridda limitdan oshgan qism $100 bo‘ladi. 2026-yil 31-dekabrgacha: (300 − 200) × 30% = $30. 2027-yil 1-yanvardan: (300 − 200) × 20% = $20. Bu faqat misol; yakuniy summani bojxona organlari belgilaydi. Bojxona ma’lumotlari: customs.uz.

Ishlatilgan limitni my.gov.uz saytidagi xizmat orqali tekshirish mumkin: https://my.gov.uz/ru/individuals-mail-sent. Boxette qabul qiluvchining shaxsiy limit qoldig'ini ko'ra olmaydi.

Biz nima bilan shug‘ullanamiz?

Biz AQSh va Turkiya tovarlar yetkazib beramiz
95% AQSh va Turkiya internet-do‘konlari O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bermaydi. Ammo Boxette AQSh va Turkiya internet-do‘konlaridan xarid qilish va ularni butun O‘zbekiston bo‘ylab qabul qilish imkonini beradi.

Boxette posilkalarni bepul qabul qiladi va omborda saqlaydi. Bepul xizmatlarga zarur bo'lganda qayta qadoqlash va invoysni olib tashlash kiradi. Posilkalar birlashtirilmaydi: har biri alohida trek-raqam bilan jo'natiladi. Qo'shimcha qadoqlash 60 000 so'm, posilkani ajratish esa har bir joy uchun 40 000 so'm turadi.

Siz eng yaxshi tovarlarni eng qulay narxlarda olishingiz uchun hamma narsani qilamiz. Biz AQSh, va Turkiya tovarlar yetkazib beramiz.
©Copyright 2014–2026. Boxette. All rights reserved.

Yuridik shaxs:
ИП ООО Lucky Express Group

Manzil:
Тошкент шахри, 100084, Юнусобод тумани, Амир Тимур пр.Nº99A

ИНН: 309849834
Shanba.: 10:00 – 18:00